Abe Yaponiya bosh vaziri lavozimida qolishi muddatini uzaytirish borasida izoh berdi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 3 avgustda hukmron Liberal-demokratik partiyasi rahbari lavozimida 2018 yil dekabrda yakunlanadigan amaldagi muddatdan keyin qolishni o‘ylamayotganini aytdi.
"Menda yana muddat yakunlanguncha 2 yil bor, yana ko‘p ishlar qilish kerak... Muddatni uzaytirish haqida umuman o‘ylamayapman", deb aytdi Abe hukumatdagi o‘zgartirishlardan keyin bergan matbuot-anjumanda.
Shu bilan birga Abe Liberal-demokratik partiyasi bosh kotibi lavozimiga Tosixiro Nikaini tayinladi. Kiodo axborot agentligining ta'kidlashicha, Nikai Abe partiyaning rahbari sifatida uchinchi muddatga qolishi uchun partiya nizomini o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Ayni vaqtda partiya qoidalariga ko‘ra, rais o‘z lavozimini faqat ikki muddat egallashi mumkin.
Yaponiyadagi saylovlarda yutadigan partiya raisi avtomatik ravishda mamlakat bosh vaziri bo‘ladi.