Sport | 23:04 / 03.08.2016
4172
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Olimpiya mash'alasi estafetasi va Riodagi o‘yinlar ochilishida ishtirok etadi

Foto: © RIA

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Rio-de-Janeyroda Olimpiya mash'alasi estafetasi va Olimpiada ochilishi marosimida ishtirok etadi, deb ma'lum qildi bosh kotib vakili Stefan Dyujarrik.

Dyujarrikning aytishicha, Pan Gi Mun Rio-de-Janeyroda Braziliyaning amaldagi prezidenti qabul qiladigan davlatlar yetakchilari yig‘ilishida ishtirok etadi. "Bosh kotib shuningdek Olimpiya qishlog‘iga tashrif buyuradi va qochqinlar Olimpiya jamoasi bilan uchrashadi", deb aytdi Dyujarrik.

Olimpiada 5-21 avgust kunlari, Paralimpiada esa 7-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan haftada Pan Gi Mun "Olimpiada vaqtida barcha adovatda bo‘lgan tomonlarni qurollarni tashlashga va barcha kelishmovchiliklarni chetga surishga" chaqirib, Olimpiya yarashuvini e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish