18:19 / 03.08.2016
9613

Di Kaprio do‘sti va hamkasbi Jon Hill bilan hazillashdi (video)

Hollivud kinoyulduzi Leonardo Di Kaprio Nyu-York ko‘chalarining birida do‘sti va “Uoll-stritlik bo‘ri” filmida hamkorlik qilgan hamkasbi Jon Hill bilan hazillashdi. 

Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqib olgan Di Kaprio kutilmaganda Jonning yoniga yugurib kelib, uni smartfon kamerasiga suratga ola boshladi. Dastlab shoshib qolgan Hill keyinroq uni tanib qoldi va ikki aktyor kulib yuborishdi hamda do‘stona quchoqlashishdi.

Aktyorlar “Uoll-stritlik bo‘ri” filmi s'yomkalaridan tashqari, turli tadbirlarga birga kelishadi. 2014 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Saturday Night Live shousida Di Kaprio va Hill “Titanik” filmidan afsonaviy sahnani jonlantirishgan. 

2016 yilgi “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimida esa Hill sahnaga ayiq ko‘rinishida paydo bo‘lib, “Yagona omon qolgan” kartinasidagi roli uchun nomzodi qo‘yilgan Di Kaprio bilan hazillashgan. 

Top