Iqtisodiyot | 13:20 / 03.08.2016
12740
1 daqiqa o‘qiladi

Dollar 6-haftalik minimum ostonasida qolmoqda

© RIA Novosti

Dollar kursi 6 haftadirki, jahonning asosiy valyutalariga nisbatan eng quyi darajada saqlanib turibdi. Bunga, Federal zaxira tizimining foiz stavkalarini ko‘tarishga shoshilmasligi borasidagi ehtimollar sabab bo‘lmoqda. 

Uoll-stritdagi savdolar ko‘rsatkichi pasayishi bilan dollar qadri ham tusha boshlagan. Qayd etilishicha, birja indekslari iqtisodiy ma'lumotlarning ishonchli bo‘lmagani va neft narxining pasayishi sabab eng yomon natijani ko‘rsatgan. 

Garchi AQSh aholisining xarajatlari ko‘paygan bo‘lsa-da, bozorlar pul qadrsizlanishiga oid raqamlarning pastligiga e'tibor qaratishgan.