Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada muhojirlarni qayd qilish markazida qochqinlar ommaviy mushtlashuv uyushtirishdi
Internetda Germaniyaning Dortmund shahridagi muhojirlar ishlari markazida suriyalik va livanlik qochqinlar uyushtirgan mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi.
Rheinische Post nashrining ma'lum qilishicha, mushtlashuv 1 avgustda yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, mushtlashuvda 14 yoshdan 37 yoshgacha bo‘lgan 8 kishi, jumladan bir ayol ishtirok etgan.
Politsiya ushbu holat yuzasidan uch nafar yigitni ushlagan, ular keyinroq qo‘yib yuborilgan. Mushtlashuv sababini hozircha aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Ta'kidlanishicha, 5 kishi kichik jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.