Jamiyat | 18:20 / 03.08.2016
9371
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Arxeologlar qirol Artur qasri qoldiqlarini aniqlashdi

Foto:independent

Arxeologlar Britaniya eposining asosiy qahramonlaridan biri bo‘lmish qirol Arturning o‘rta asrga oid qasr qoldiqlarini Angliya janubi-g‘arbida joylashgan Kornuoll grafligidan topishdi. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.

Qasrning qalinligi bir metr bo‘lgan devorlarining buzilgan bo‘laklari, toshdan ishlangan pol qismi va ustunlari Tintagel qishlog‘ida aniqlangan. Bu joy Artur bilan bog‘liq, deb hisoblashadi. Olimlar qazib olingan ashyolar V-VI asrlarga tegishli ekanini aytishmoqda. Bundan tashqari, bu yerda Dumnoniya qirolligining qarorgohi joylashgan, deb ham hisoblashmoqda.

Qazish ishlari olib borilayotgan joydan ko‘plab keramika va shisha qoldiqlari topilgan. Shuningdek, sharob va zaytun moyi olib kelingan amfor qoldig‘i ham aniqlangan. Bu qasr egalari jamiyatning yuqori vakillari ekanligidan dalolat beradi.

Ma'lumot uchun, afsonalarga ko‘ra, britaniyaliklar yetakchisi qirol Artur V-VI asrlarda yashagan. Qirolning tarixan mavjudligi hamon o‘z tasdig‘ini topmagan.