Jahon | 23:37 / 03.08.2016
5304
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovichning o‘g‘liga qarshi sanksiyalarni noqonuniy deb topdi

Yevropa Ittifoqi sudi Yevropa Ittifoqi Kengashi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li Viktor Viktorovich Yanukovichga qarshi qo‘ygan sanksiyalarni noqonuniy deb topdi. Bu haqda Yanukovich o‘g‘lining manfaatlarini himoya qiluvchi kompaniya matbuot-bayonotida ma'lum qilindi. 

"Sud Ukraina hukumati Viktor Yanukovichga nisbatan davlat mulkining talon-taroj qilinishi haqida biror-bir isbot keltira olmadi degan xulosaga keldi. Isbotlarning yo‘qligi shunchalik ayon ediki, Yevropa Ittifoqi sudi bu masalaning og‘zaki ko‘rilishini o‘tkazmaslikka qaror qildi", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, sudning qarorida sanksiyalarning bekor qilinishi keltirilgan ziyonni qoplashning bir qismi bo‘lishi aytilgan, chunki ularning kiritilishi Viktor Viktorovich Yanukovichning Oliy rada deputati sifatidagi obro‘siga salbiy ta'sir qilgan.