Telegram asoschisi messenjerdagi akkauntlarga "ommaviy buzib kirilishlar"ga izoh berdi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov messenjerdagi akkauntlarga buzib kirilishlar haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda Durovning Telegram-kanalida ma'lum qilingan.
Messenjer ma'muriyatining aytishicha, eronlik foydalanuvchilarning 15 mln ta telefon raqami oshkor qilingani haqidagi xabar ochiq manbalardan yig‘ilgan axborotdir. Bundan tashqari, tasdiqlash kodlarining sms-xabarlardan ushlab olinishi "yangi xavf hisoblanmaydi".
Telegram foydalanuvchilarida mobil operator sms-xabarlarni uchinchi shaxslarga berayotgani haqida shubhalar paydo bo‘lgan holatda ikki karra autentifikatsiyadan foydalanishni tavsiya qilmoqda.
Avvalroq bir qator mutaxassislar eronlik xakerlar Eronning Telegram’dan foydalanuvchi 15 mln kishisining telefon raqamlarini bilib olganlari va o‘nlab akkauntlarga kira olganlarini ma'lum qilgandilar.