Sport | 16:20 / 03.08.2016
4889
2 daqiqa o‘qiladi

Yuriy Sarkisyan «Navbahor»ni boshqarishi mumkin

Farg‘onaning «Neftchi» klubi bilan o‘zbek futbolida sezilarli iz qoldirgan, O‘zbekiston futbolining tirik afsonasi Yuriy Sarkisyan Namanganning «Navbahor» klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda Tribuna.Uz xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, «Navbahor» murabbiyga taklif bilan chiqqan va Sarkisyan taklifni qabul qiladigan bo‘lsa, Namanganda ish boshlashi mumkin.

O‘tgan mavsum yakunlangach, Farg‘onaning «Neftchi» klubi Sarkisyanni jamoaga qaytarishi mumkin ekani haqida aytilgandi. Murabbiy ayni vaqtda Toshkenting «Bunyodor» jamoasida maslahatchi murabbiy lavozimida ishlaydi.

Sarkisyan «Neftchi» bilan 26 yildan ko‘proq ishlagan va besh marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. 2013 yilda «Neftchi» Sarkisyanni hech qanday ogohlantirishsiz, murabbiyning o‘ziga ham aytmay ishdan bo‘shatgan edi.

Uzoq yillar davomida «Neftchi»ni shakllantirgan murabbiyga nisbatan vodiy jamoasining bunday hurmatsizligi o‘zbek muxlislarining g‘azabini keltirgan edi.