Sport | 08:25 / 03.08.2016
6215
1 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» uchun qurilayotgan stadion suv ostida qolmoqda

Sankt-Peterburgda «Zenit» jamoasi uchun qurilayotgan «Krestovskiy» stadionini suv bosdi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, stadion hududida hozirda faqat baland qo‘njli rezina etiklarda harakatlanish mumkin, stadion suv ostida qolishda davom etmoqda. Shuningdek, tribunalarning ba'zi qismlari namlanib va mog‘orlab qolgani qayd etilgan. 8 yil oldin sotib olib keltirilgan o‘rindiqlarni o‘rnatish jarayoni haligacha tugallanmagan. Uzoq vaqt davomida ochiq osmon ostida qolgan bu o‘rindiqlar eskirib ketgan.

1 avgust kuni qattiq shamol tufayli stadion tomi uchib tushgandi. Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Igor Albin bu holat tez orada bartaraf etilishini va'da qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish