AQSh prezidenti umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan 67 mahbusni afv etdi
AQSh prezidenti Barak Obama 214 mahbusni afv etdi, deb ma'lum qilinmoqda Oq uy saytida. Bu 20-asr boshidan beri bir kunda afv etilgan eng katta miqdordagi mahbuslar bo‘ldi.
Bu farmon Obamaning AQSh hukumati giyohvand moddalarga qarshi kurashi vaqtida uzoq vaqtga qamalgan mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha sa'y-harakatlari doirasida imzolandi.
Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lgan ozod etilgan 67 mahbus orasidan ko‘pchiligi giyohvand moddalar bilan bog‘liq zo‘ravonlik qo‘llanmagan jinoyatlar uchun jazolangan bo‘lganlar.
Obama prezidentligining ikki muddati davomida hammasi bo‘lib 562 nafar, ya'ni undan avvalgi 9 prezident birgalikda afv etgandan ko‘proq mahbusni afv etgan, deb ta'kidlab o‘tildi Oq uyda.
May oyida Obama giyohvand moddalarni saqlash va tarqatish uchun jazolangan 58 mahbusni afv etgandi.