Iqtisodiyot | 19:43 / 04.08.2016
4950
1 daqiqa o‘qiladi
Angliya banki 2009 yildan beri ilk marotaba asosiy foiz stavkasini pasaytirdi
Angliya banki (Bank of England) 2009-yildan beri birinchi marta asosiy foiz stavkani pasaytirdi. Shu haqdagi qaror matni, Markaziy bankning rasmiy saytiga joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, Bosh moliyaviy muassasa foiz stavkasini 0,25 foizga kamaytirgan
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan xarid qilinishi mumkin bo‘lgan aktivlar chegarasi 60 mlrd yevrodan 435 mlrd yevroga ko‘tarilgan.
Buyuk Britaniya Markaziy banki iyul oyida asosiy foiz stavkasini, Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi borasidagi referendum natijasiga qaramay, 0,5 foizlik darajada saqlab qolgan edi.