19:02 / 04.08.2016
3101

Avstriya politsiyasi Vena shahrida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

Foto: © AP

Avstriya politsiyasi Vena-Shvexat xalqaro aeroportidagi xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Bunga, 4-avgust ertalab mamlakat bo‘ylab huquq posbonlariga nisbatan qo‘poruvchiliklar sodir etilishiga oid tahdidli xabarlar kelib tushishi sabab bo‘lgan. 

"Venaning bosh vokzalida tintuv o‘tkazilmoqda. Biroq, odamlar ko‘chirilgani yo‘q", — deyiladi IIVning Twitter sahifasida. Unda shuningdek, "Vena xalqaro aeroportida ham xavfsizlik choralari kuchaytirilgan"i ta'kidlangan.

Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari boshqa ko‘plab joylarda maxsus tekshiruv ishlarini o‘tkazgan, ammo bironta qurilma yoki shubhali kishilar aniqlanmagan. 

Xabarda aytilishicha, elektron maktublarda qo‘poruvchiliklar sodir etiladigan joylar va ularning aniq vaqti keltirilgan bo‘lib, ular allaqachon ortda qolgan.

Top