"Boko Haram" rahbari o‘zini hokimiyatdan to‘ntarishga urinish amalga oshirilgani haqida ma'lum qildi
"Boko Haram" jangarilari yetakchisi Abubakar Shekau hamon tashkilot rahbari ekani, lekin guruh a'zolari o‘ziga xiyonat qilgani haqida aytdi.
U 10 daqiqalik audiomurojaatida "Boko Haram"ga Abu Musab al-Barnaviy yangi rahbar etib tayinlangani haqidagi xabarni inkor qilgan.
Shekauning fikricha guruh ichidagi muxoliflari uni to‘ntarishga uringan.
Bi-bi-si nashrining Nigeriyadagi muxbiri Martin Peyshensning aytishicha, "Boko Haram"da qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘lib, guruh ikki lagerga ajralgan.
Abubakar Shekau 2009 yildan buyon "Boko Haram" rahbari hisoblanadi. U guruh asoschisi Muhammad Yusufning o‘limidan keyin uning o‘rnini egallagan. Uning rahbarligi vaqtida tashkilot yanada radikallashdi.
Bundan oldinroq, IShID "Boko Haram"ga yangi rahbar tayinlagani haqida xabar qilingandi.