Jahon | 18:28 / 04.08.2016
3466
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi qamoqxonada garovga olinganlar ozod qilindi

Frantsuz politsiyasining maxsus topshiriqli bo‘linmasi Le-Man shahridagi qamoqxonada garovga olingan 2 kishini ozod qildi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda RIA Novosti xabar tarqatgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Fransiyadagi mahbuslardan biri boshqa bir mahbusni va nazoratchilardan birini garovga olgandi. U o‘zini boshqa qamoqxonaga o‘tkazishlarini talab qilgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish