O‘zbekiston | 11:58 / 04.08.2016
4760
1 daqiqa o‘qiladi

Xanoyda O‘zbekiston-Vetnam maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Foto: mofa.gov.vn

Xanoy shahrida 2—4 avgust kunlari O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Vetnam delegatsiyasiga TIV huquq va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i Nguen Min Vu boshchilik qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tadbir davomida ikki davlat hamkorligi huquqiy asosining hozirgi holati va uni kengaytirishning istiqbollari muhokama qilindi, ko‘rib chiqilayotgan hamda turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston—Vetnam hujjatlari loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar doirasida Vetnam tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Le Hoay Trang bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida muzokaralarga ijobiy baho berildi.