Jamiyat | 22:30 / 04.08.2016
7196
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tarixdagi eng og‘ir egizak pandalar dunyoga keldi

Xitoyda kuzatuvlar olib borilayotgan butun vaqt davomidagi eng og‘ir egizak pandalar dunyoga keldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. Urg‘ochi va erkak pandachalarning vazni 181,7 i 220 gramni tashkil qildi. 
  
Pandachalar Volun qo‘riqhonasidagi katta pandalarni qo‘riqlash va o‘rganish markazida tug‘ildilar. Ularning onasi 10 yoshda. 

Odatda yangi tug‘ilgan pandalar 150 grammcha keladi. Ta'kidlanishicha, ikkila egizakning vazni 180 grammdan ko‘proq keladigan holatlar juda kam uchraydi.

Avvalroq 2016 yildagi ilk turli jinsli egizak pandalar Xitoyda tug‘ilgani ma'lum qilingandi.