Sport | 22:32 / 04.08.2016
4444
1 daqiqa o‘qiladi

Ispan klublari tribunalarni muxlislar bilan to‘ldira olmasa, jarimaga tortiladi

Ispaniyadagi futbol klublari o‘z uy uchrashuvlarida tribunalarga sezilarli darajada kam muxlis tashrif buyurgani uchun jarimaga tortiladi.

Marca xabariga ko‘ra, agar stadion 75 foizdan kamroqqa to‘lsa, jamoaga jarima qo‘llanadi.

Agar stadion sig‘imi yarmiga ham to‘lmasa, jarim miqdori 2 baravar oshiriladi.

Shu bilan birga noqulay ob-havo sharoitlari stadionga muxlislar tashrifini kamaytirgan holatlar istisno etiladi.

La Liganing bunday qarorga kelishi teletranslyatsiyalar huquqi bo‘yicha yangi shartnomalar imzolangani bilan bog‘liq ekani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish