Jahon | 19:35 / 04.08.2016
13166
1 daqiqa o‘qiladi
Istanbul sudi Gulenni sirtdan hibsga oldi
Istanbul sudi AQShda istiqomat qiluvchi muxolifatchi Fathulloh Gulenni sirtdan hibs qilgan. Bu haqda Haberturk xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, bunga uning Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish tashkilotchisi deb topilgani sababdir.
Turkiya rasmiylari Gulenni to‘ntarishning asosiy tashkilotchisi sifatida ko‘rsatib, AQShdan 2 marta uni topshirishni so‘ragan edi. Bunga javoban AQSh davlat kotibi Jon Kerri Gulenning bu ishlarga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni taqdim etishni talab etdi.
Gulenning o‘zi ayblovlarni inkor qilmoqda.
16 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan isyondan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Gulen bilan aloqadorligi taxmin qilingan maktablarning barchasini yopishga buyurdi.