13:45 / 04.08.2016
4711

Marokash qo‘shni davlatlar bilan chegarasini mustahkamlamoqda

Marokash hukumati qo‘shni davlatlar, asosan, Jazoir bilan chegara nazoratini kuchaytirdi. Bunga sabab Liviyadan kirib kelishi ehtimoli bo‘lgan terrorchilarning oldini olishdir. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

OAVning ta'kidlashicha, ushbu choralar AQSh harbiy havo kuchlari Liviyadagi IShID marralariga aviazarba berishni boshlagach, qabul qilingan. Bu Marokash hukumatini tashvishlantirgan, chunki o‘z marralarini boy bergan terrorchilar mamlakat chegarasini buzib kirishga intilishi mumkin.

Xavotirning yana bir sababi shundaki, IShID safida Marokashning ko‘p sonli fuqarolari ham jang qilmoqda.

Top