O‘zbekiston | 20:05 / 04.08.2016
5950
1 daqiqa o‘qiladi
Pekinda ShHT maxsus ishchi guruhi majlisi o‘tkazildi
2016 yilning 2-4 avgust kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning moliya-byudjyet masalalari bo‘yicha Maxsus ishchi guruhining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari ShHTning 2015 yil uchun moliyaviy hisoboti va 2017 yilga mo‘ljallangan byudjyeti loyihalarini, shuningdek ShHTning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarining 2013-2015 yillardagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashqi auditi yakunlarini atroflicha ko‘rib chiqishdi.