Jamiyat | 22:50 / 04.08.2016
10421
1 daqiqa o‘qiladi
Politsiya bilan mojaroni Facebook'da translyatsiya qilgan qizni otishga majbur bo‘lishdi
AQShda politsiya va 23 yoshli ayol o‘rtasida muammo yuzaga keldi. The Guardian nashrining xabar berishicha, politsiya yo‘l qoidasi buzgani uchun sudlangan, lekin sudga bormagan ayolni qo‘lga olish uchun uning uyiga borgan. Lekin ayol hech qayoqqa bormasligini aytib qarshilik ko‘rsatgan.
U Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini ochgan va barcha bo‘layotgan voqealarni translyatsiya qilgan. Hattoki, ikki marta politsiyaga qarata o‘q uzgan. Vaziyat jiddiylashgach, politsiya unga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Ayolning ahvoli ma'lum qilinmagan, lekin uning o‘lgani ham aytilmagan. Ayolning uch yoshli o‘g‘li ham jarohatlangan.
Politsiya Facebook va Instagram rasmiylaridan ayolning akkauntlarini bloklashni so‘ragan.