17:57 / 04.08.2016
14790

Toshkent ko‘chalaridan birida issiq suv quvuri yorilib ketdi

Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasi bilan kesishmasi yaqinida suv quvuri yorildi. Voqea 4 avgust, soat 12:00—12:30 oralig‘ida yuz bergan. Hodisaning  foto va videolari Telegram’dagi ommabop guruhlarda e'lon qilingan. 

Hodisa sabablari haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Yuz bergan voqea sabab bitta Nexia avtomobiliga jiddiy zarar yetgan, odamlar jabrlangani haqida aniq axborot yo‘q. Quvurning yorilishi avtomobillar harakatiga noqulaylik tug‘dirgan  va natijada tirbandliklar yuzaga kelgan.

Top