Jamiyat | 12:30 / 04.08.2016
5695
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda harbiy isyonga uringan 170 kishi sudlandi

© AP Photo

Tojikiston sudi, o‘tgan yilning sentabr oyida amalga oshirilmoqchi bo‘lgan harbiy isyonga aloqadorlikda ayblangan 170 kishiga hukm o‘qidi, deb ma'lum qilgan respublika Bosh prokurori Yusuf Rahmon.

2015-yilning sentabr oyi boshida Tojikiston mudofaa vaziri o‘rinbosari  general Abduhalim Nazarzoda harbiy isyonga urinib ko‘rgan edi. Dushanbe shahridan 50 km uzoqlikdagi tog‘da yashiringan isyonchi generalning guruhini yo‘q qilishga qaratilgan amaliyot 12 kun davom etib, oqibatda, Nazarzodaning o‘zi va uning 60 nafar gumashtasi yo‘q qilingandi. 

"200ga yaqin kishiga nisbatan tergov ishlari respublikaning boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda olib borildi va ularga nisbatan inkor etib bo‘lmas dalillar to‘plandi", — degan Bosh prokuror. 

Bugungi kunda, ayblanuvchilarning 170dan ortig‘iga hukm o‘qilgan.