Jahon | 19:49 / 04.08.2016
7162
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda IShID safiga qo‘shilgan maktab o‘quvchisiga 10 yillik qamoq jazosi berildi
Tojikistonning So‘g‘d viloyati sudi 10 sinf o‘quvchisini 10,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bunga sabab o‘smir IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘smir ijtimoiy tarmoq orqali Tojikiston uchun maxsus tayyorlangan foto va videoroliklarni tarqatgan.
«O‘smir yigit ekstremistik harakatlarni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq murojaat tarzda olib borgan», — dedi sudya.