Tojikistonda "KP" gazetasi jurnalistiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin
Tojikiston huquq idoralari "Komsomolskaya pravda" nashrining rossiyalik jurnalisti Sergey Ponomarevga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Respublika hukumati uning lavhasini millat va davlatni tahqirlovchi deb baholagan. Unga nisbatan millatlararo norozilik kayfiyatini qo‘zg‘ash aybi ilgari surilishi mumkin, deb oydinlik kiritgan Bosh prokuror Yusuf Rahmon.
"Tojikiston Bosh prokuraturasi rossiyalik jurnalist Sergey Ponomaryovning "Komsomolskaya pravda" gazetasida chop etilgan "Tajikistan: iz sovetskogo prozyabaniya v svetloye budushcheye" maqolasini o‘rganib chiqmoqda. Agar, tekshiruv natijasida mamlakat va millat sha'niga dog‘ tushiruvchi so‘zlar mavjud bo‘lsa va tuhmatlar qilingan bo‘lsa, jurnalist Ponomaryovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi", — degan Bosh prokuror.
Avvalroq, aynan shu maqola tufayli Tojikistonda "Komsomolskaya pravda" gazetasi chop etilishi va tarqatilishi to‘xtatilgan edi. Xususan, muallif maqolasida Tojikistonni “ravshanlar va jamshutlar vatani” deb ataydi. U, shuningdek, go‘yoki Kremlga Tojikiston rahbariyatini o‘zgartirishni ham tavsiya qilgan.