Jamiyat | 23:17 / 04.08.2016
23242
1 daqiqa o‘qiladi
O‘shlik yigit to‘ydagi dabdaba o‘rniga 60 nafar muhtoj bolaga o‘quv qurollari tarqatdi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida yashovchi Temirlan ismli yigit nikoh to‘yida ortiqcha dabdabaning o‘rniga savobli ishga qo‘l urdi.
30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan to‘yda yigit O‘shdagi qishloqlardan biridagi 60 nafar muhtoj oilaning farzandiga maktab uchun kerakli o‘quv qurollari va papkalar sovg‘a qildi. Chingiz Aytmatovning ta'biri bilan aytganda, eng oddiy, lekin dunyodagi eng ajoyib papka ("Oq kema"dan).
Yntymak.kg sayti bu xabarni berar ekan, yaqinda Turkiyada bo‘lib o‘tgan to‘yda kelin-kuyov to‘rt mingta qochoqning qornini to‘yg‘azganini ham ta'kidlagan.