10:28 / 05.08.2016
3012

Afsonaviy xokkeychi Grettskining kartochkasi rekord summa - 465 ming dollarga sotildi

Foto: AP

Afsonaviy xokkeychi Ueyn Grettskining 18 yoshligi tasviri tushirilgan 1979 yilgi kartochka kim oshdi savdosida 465 ming dollarga sotildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

1979/80 yilgi mavsumda chiqarilgan O-Pee-Chee kartochkasi mashhur Goldin Auctions internet-auksionida 4 avgust kuni sotuvga qo‘yilgan. Savdo kolleksiyachilarning milliy sport forumi doirasida AQShning Atlantik-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan. Xokkey kartochkasi bilan bog‘liq oldingi rekord 2011 yilda o‘rnatilgan edi. O‘shanda kartochka 94 ming 163 dollarga sotilgan. Unda ham Grettskining xuddi shu seriyadagi kartochkasi xarid qilingan.

Kartochka Milliy xokkey ligasining 1979/80 yillardagi mavsumida chiqarilgan. Aynan mana shu mavsum Grettski uchun debyut bo‘lgan: uning “Edmonton Oylerz" jamoasi Jahon xokkey assotsiatsiyasiga kirgan, yosh xokkeychi 1978/79 yillar chempionatida 104 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Grettski "Edmonton Oylerz" tarkibida to‘rt marta (1984, 1985, 1987, 1988 yillarda) Stenli Kubogini qo‘lga kiritgan. U milliy terma jamoa tarkibida Kanada Kubogi (1984, 1987, 1991 yillar) sohibi bo‘lgan. Kanadalik MXL tarixida eng yaxshi “snayper” bo‘lgan: u 1487 o‘yinda 2857 ochko to‘plagan (894 shayba va 1963 uzatma).

Top