Sport | 23:02 / 05.08.2016
4190
1 daqiqa o‘qiladi

Alenichev «Spartak» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi

«Spartak» jamoa bosh murabbiyi Dmitriy Alenichevning iste'foga chiqarilgani haqida e'lon qildi.

«5 avgust kuni «Spartak» bosh murabbiyi Dmitriy Alenichev  «Spartak»dagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. «Spartak-Moskva» futbol klubi direktorlar kengashi Dmitriy Anatolevichning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi.

Yangi murabbiy tayinlangunicha uning vazifasini Massimo Karrera bajaradi.

«Spartak-Moskva» futbol klubi Dmitriy Alenichevga o‘tgan vaqtdagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusida muvaffaqiyatlar tilaydi», – deyilgan qizil-oqlar jamoasi sayti xabarida.