Jahon | 07:54 / 05.08.2016
6857
1 daqiqa o‘qiladi

Dilma Russeff Braziliya prezidenti lavozimidan batamom chetlatildi

Foto: pravdanews

4 avgustda Braziliyada mamlakatning vaqtinchalik o‘z lavozimidan chetlatilgan prezidenti Dilma Russeffning prezidentlikdan batamom chetlatilishi qarori qabul qilindi. 

Bunday qarorni Braziliya Federal senatining (parlament yuqori palatasi) impichment bo‘yicha maxsus komissiyasi qabul qildi. Russeffning batamom chetlatilishini ovoz beruvchilarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. 

Biroq ta'kidlab o‘tish joizki, bu qaror yakuniy hisoblanmaydi, chunki ovoz berishdan keyin prezidentning iste'foga ketishini senat tasdiqlashi kerak.

Parlament yuqori palatasining impichment masalasi bo‘yicha yig‘ilishi 9 avgustga belgilangan.

6 oyga hokimiyatdan chetlatilgan Russeff impichmentdan norozi bo‘lmoqda va Olimpiada ochilish marosimida ishtirok etishni rad etgan.

Agar Russeff o‘z lavozimidan batamom chetlatilsa, unda hozirda mamlakat prezidenti vazifasini bajarayotgan Mishel Temer bu lavozimida 2018 yilgi saylovlargacha qoladi.