Filippin fuqarolari prezident farmoniga ko‘ra giyohvandlar va giyohfurushlarni o‘ldirmoqda
Filippinning yangi prezidenti Rodrigo Duterte ko‘chadagi giyohvandlar va giyohvand moddalari dilerlarini otish haqida yangi farmon chiqardi. Farmon ijrosini mahalliy politsiya va ko‘ngillilar guruhi amalga oshirdi. Ular qonuniy ravishda 400 dan 700 nafargacha odamni o‘ldirishgan. Bu haqda Guardian xabar bermoqda.
Filippinda shahar aholisi o‘z shaharlarini giyohvandlar va ularni tashuvchilardan himoyalash maqsadida qo‘llariga qurol olib patrullik qilishmoqda.
Mamlakatning yangi prezidenti Rodrigo Duterte saylovoldi chiqishlarida Filippinni giyohfurushlardan tozalashga va'da bergan edi. U shaxsiy inauguratsiyasi vaqtida giyohvandlar va giyohfurushlarni o‘ldirganlarni nafaqat qo‘llab-quvvatlashini,balki ularning faollarini mukofotlashini ham aytib o‘tgan.