Jahon | 00:39 / 05.08.2016
6318
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda ko‘prikdan tushib ketish oqibatida bedarak yo‘qolganlar soni 42 kishiga yetdi

Foto: © Fotolia

Avvalroq Hindistonning Maxarashtra shtatidagi ko‘prik suv oqimlari bilan qisman vayron qilingani ma'lum qilingandi. Ko‘prik vayron bo‘lishi oqibatida 42 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda IANS agentligi.

Avvalroq 22 kishi yo‘qolgani ma'lum qilingandi.

Kuchli yomg‘irlar oqibatida Savitri daryosidagi suv sathi Hindistonda Britaniya hukmronligi zamonlarida qurilgan ko‘prikni barbod qila oladigan darajagacha ko‘tarilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ko‘prik suv oqimi bilan qisman yuvilib ketgan vaqtda uning ustida ikkita avtobus va 4-5 ta avtomobil bo‘lgan. Transport vositalaridagi odamlar ular bilan birga ko‘prikdan daryoga tushib ketgan.