Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:58 / 05.08.2016
3577
1 daqiqa o‘qiladi
Kaliforniyada qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Foto: AP
AQShning Kaliforniya shtatida qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi jarohatlangan. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bermoqda.
ABC7 telekanali ma'lumotiga ko‘ra, voqea Riversayd okrugida mahalliy vaqt bilan 00:15da (Toshkent vaqti bilan 12:15) ro‘y bergan. Jarohatlangan ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea sabablari o‘rganilmoqda. Qotilning shaxsi noma'lum.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish