Sport | 20:09 / 05.08.2016
5691
1 daqiqa o‘qiladi
«Milan» rasman xitoyliklar qo‘liga o‘tdi
«Milan» xo‘jayini Silvio Berluskoni jamoani rasman xitoylik investorlarga sotdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, klubning 99,3 foiz aksiyasi xitoyliklar qo‘liga o‘tgan. Klubining umumiy narxi 740 million yevroga baholangan. Uning ustiga jamoaning 220 millionlik qarzlari ham qo‘shilgan. Bundan tashqari chinliklar uch yil davomida transfer va boshqa xarajatlar uchun 350 million yevro sarflashi kerak.
Shunday qilib, Italiya futboli tarixidagi eng kuchli klub endi xitoyliklar nazoratida bo‘ladi.
Manba: Tribuna.uz