Fan-texnika | 00:33 / 05.08.2016
5518
2 daqiqa o‘qiladi

Mitsubishi kontseptual krossoverni kompaktvenga aylantirdi

Foto:motor.ru

Mitsubishi kompaniyasi o‘zining yangi kontsept-karining ilk suratlarini chop etdi. XM deb nomlangan kompaktven yapon markasining boshqa prototipi, 2015 yilda Tokio avtosalonida taqdim qilingan eX krossoveri uslubida yaratilgan.

XM prototipi eX’dan kuzovi shakli va uzunligi hamda eshiklarining joylashishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, yangi mashina 7 yo‘lovchini sig‘dira oladi. XM‘ning old qismi krossoverni deyarli to‘liq qaytaradi, faqatgina bamperning bezak elementlari o‘zgargan. 

XM’ning texnik ko‘rsatkichlari hozircha sir saqlanmoqda. Avvalroq kontsept-kar 400 kilometr zaxira yurishiga ega elektr dvigatel bilan jihozlanishi mumkinligi aytilgandi. eX krossoveri ham shunday dvigatel bilan jihozlangan. Bundan tashqari, prototip zamonaviy elektron yordamchilar va avtopilot oladi.

Shuningdek, XM’da yon oynalar eX’dagi kabi videokameralar bilan almashtirilgan.

Mitsubishi XM Concept kontsept-kari 11 avgustda Indoneziyadagi avtosalonda ilk bor namoyish qilinadi.