18:19 / 05.08.2016
7964

MRB sobiq direktori Trampni Putinning agenti deb atadi

Foto: politico.com

MRB sobiq direktori Maykl Morellning bayonot berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi milliarder Donald Trampni yollagan. U The New York Times gazetasida chop etilgan maqolasida shunday fikr yuritgan.  

«Biz razvedkada Putin Trampni Rossiyaning erksiz josusi sifatida yollagan degan bo‘lardik», — deb yozgan Morell.

Uning fikricha, Trampning AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi kompyuterlarining xakerlar tomonidan buzilishini ma'qullashi, Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishga tayyorligi hamda faqatgina o‘z majburiyatlarini ado etayotgan NATO mamlakatlarini himoya qilish fikrini bildirishi, uni yollangan, deyishga asos bo‘la oladi.
 
Morellning tan olishicha, u shu paytgacha prezidentlik saylovlarida o‘z qarorini e'lon qilmagan. Biroq, MRB sobiq direktori bu safar odatiga xilof qilgan holda, amerikaliklarni demokratlar nomzodi Hillari Klinton uchun ovoz berishga chaqiradi.

Top