18:49 / 05.08.2016
26339

Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i hibsga olindi

Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Nyu-Yorkda yashovchi 59 yashar musiqachi Filipp Balzano qo‘shiqchining o‘g‘li Auelga tahdid qilgani tufayli hibsga olindi. Italiyalik musiqachi shtatdagi "order of protection" qonuniga zid, ya'ni sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘g‘li bilan munosabat o‘rnatishga urinishga, harakat qilgan. 

Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, uning sobiq turmush o‘rtog‘i o‘gay o‘g‘li Auelga Nargizni haqoratlovchi va “u bilan birga qo‘shib uni ham yo‘q qilib yuboraman” mazmunidagi sms-xabarnomalar yuborgan. Filipp yigitga onasi uning uyidan kelib buyumlarini olib ketishligini talab qilgan va ko‘rakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlagan. Ana shunday holatda yigit o‘zini tuta olmagan va xabarnomalarni advokatiga ko‘rsatgan.

— Advokatda oldingi va kechagi barcha tahdidli smslar mavjud. U Filipp sudda 99,9 foizga yutqazishini aytmoqda! — degan yigit.

Top