08:39 / 05.08.2016
6846

Rio-2016. Nigeriya-Yaponiya uchrashuvida 9ta gol urildi, janubiy koreyaliklar Fiji darvozasini 8 bor ishg‘ol qilishdi

Rio-de-Janeyro shahrida Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlandi. 1-tur doirasida 8ta uchrashuvi o‘tkazildi. 

A guruhidagi dastlabki uchrashuvda Iroq va Daniya futbolchilari gol ura olishmadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv ham golsiz durang bilan yakunlandi, Neymar boshchiligidagi Braziliya termasi JAR yoshlarini yenga olmadi. 

V guruhidagi uchrashuvlarning birinchisida Shvetsiya va Kolumbiya jamoalari bir-birlarining darvozalariga 2tadan to‘p kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda 5:4 hisobi qayd etildi, nigeriyaliklar 5ta, yaponlar 4ta gol urishdi.

S guruhi vakillari Meksika va Germaniya uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi, Janubiy Koreya esa Fiji darvozasiga javobsiz 8ta gol yo‘lladi.

D guruhida Portugaliya Argentinani mag‘lubiyatga uchratdi - 2:0. Honduras Jazoirni 3:2 hisobida yengdi. 

Iroq U-23Daniya U-23 0:0
Iroq U-23 – Xamid, Nadim, Xalaf, Adnan, Ismail, Abdul Amir, Kadim, Xosni (Kamil, 66), Tarik, Axmad (Abdul-Raxim, 65), Gubari.
Daniya U-23 –Hoyberg, Makshe, Matiasen, Gregor, Yonsson (Larsen, 85), Bersting, Desler, Nilsen (Larsen, 60), Gomesh, Brok-Madsen (Larsen, 79), Vibe.
Ogohlantirishlar: Xalaf (54), Yonsson (77), Larsen (87).

Honduras U-23Jazoir U-23 3:2
Gollar: 1:0 – 13 Kioto, 2:0 – 33 Pereyra, 2:1 – 68 Bendebka, 3:1 – 79 Losano, 3:2 – 85 Bunedja.
Honduras U-23 – Lopes, Pereyra, Palasios, Alvares, Garsiya, Vargas, Akosta (Pas, 86), Banegas (Espinal, 78), Elis (Benavides, 67), Losano, Kioto.
Jazoir U-23 –    Shaal, Bendebka, Benkabliya (Mezyan, 60), Bengit, Xaddush, Demmu, Ait-Atman (Darfalu, 71), Kennish (Abdellaui, 30), Belkebla, Ferxani, Bunedja.
Ogohlantirishlar: Bunedja (58), Demmu (73), Mezyan (76), Palasios (88), Belkebla (90).

Braziliya U-23 JAR U-23 0:0
Braziliya U-23 – Ueverton, Markinos, Duglas Santos (Vilyam, 84), Ze Karlos, Rodrigo Kayo, Felipe Anderson (Luan, 60), Tiago Mayya, Renato Augusto (Rafinya, 67), Neymar, Gabriel, Gabriel Jyezus.
JAR U-23 – Kxune, Modiba (Ntshangase, 70), Kutzeye, Matoxo, Mobara, Mekoa, Masuku (Morris, 58), Motupa, Dolli, Motiba, Mvala.
Ogohlantirishlar: Mvala (56), Tiago Mayya (73), Matoxo (90), Markinos (90).
Chetlatish: Mvala (59).

Meksika U-23 – Germaniya U-23 2:2
Gollar: 1:0 – 52 Peralta, 1:1 – 58 Gnabri, 2:1 – 61 Pisarro, 2:2 – 78 Ginter.
Meksika U-23 – Talavera, Montes, Torres, Abelya, Salsedo, Guterres, Pisarro (Sisneros, 81), Peres, Losano (Gusman, 83), Bueno, Peralta (Torres, 74).
Germaniya U-23 – Xorn, Ginter, Klostermann, Tolyan, Zyule, Bender, Bender, Gorettska (Gnabri, 28), Brandt, Mayyer (Kristiansen, 89), Zelke (Petersen, 84).
Ogohlantirish: Bender (25).

Portugaliya U-23 – Argentina U-23 2:0
Gollar: 1:0 – 66 Gonsalu Pasiyensiya, 2:0 – 84 Pite.
Portugaliya U-23 – Brunu Varela, Fernandu Fonseka, Ie, Tobiash Figeyredu, Eshgayyu, Andre Martinsh (Tiagu Silva, 76), Podstavski, Serjiu Oliveyra (Pite, 71), Fernandesh, Salvador Agra, Gonsalu Pasiyensiya (Ilori, 81).
Argentina U-23 – Ruli, Djanetti, Soto, Magalyan (Pavon, 64), Gomes, Askasibar, Martines, Korrea (Simeone, 79), Kuesta, Kaleri, Espinosa (Lo Chelso, 72).
Ogohlantirishlar: Janetti (2), Tobiash Figeyredu (33), Magalyan (56), Serjiu Oliveyra (70).

Shvetsiya U-23 – Kolumbiya U-23 2:2 
Gollar: 0:1 – 17 Guterres, 1:1 – 43 Isxak, 2:1 – 62 Aydarevich, 2:2 – 75, penalti Pabon.
Shvetsiya U-23 – Linde, Nilsson, Konate, Miloshevich, Tibbling, Lundkvist, Xalili, Aydarevich (Berisha, 90), Kvayson (Sema, 78), Isxak (Tankovich, 86), Fransson.
Kolumbiya U-23 – Bonilya, Tesilo, Palasios, Balanta, Machado, Roa (Balanta, 65), Barrios, Peres, Borxa (Presiado, 65), Guterres, Pabon.
Ogohlantirishlar: Balanta (48), Palasios (50), Peres (83).

Fidji U-23 – Janubiy Koreya U-23 0:8
Gollar: 0:1 – 32 Ryu Sin Vu, 0:2 – 62 Kvon Chxan Xun, 0:3 – 63 Kvon Chxan Xun, 0:4 – 63 Ryu Sin Vu, 0:5 – 72, penalti Son Xin Min, 0:6 – 77 Xen Chjun Suk, 0:7 – 90 Xen Chjun Suk, 0:8 – 90 Ryu Sin Vu.
Fidji U-23 – Tamanisau, Singx, Naydu, Baravilala (Xem, 67), Tuivuna, Varanaivalu (Nakalevu, 79), Dreloa, Chand, Xyuz (Vaka, 67), Krishna, Verevou.
Janubiy Koreya U-23 –    Ku Sun Yen, Li Sil Chxan, Chjon Sin Xen, Chxve Gyu Bek, Shim San Min, Kvon Chxan Xun (Son Xyn Min, 70), Mun Chxan Chjin, Ryu Syn Vu, Li Chxan Min (Kim Min Te, 80), Chjan Xen Su, Xvan Xi Chxan (Xen Chjun Suk, 69).
Ogohlantirishlar: Chxve Gyu Bek (3), Dreloa (71).

Nigeriya U-23 – Yaponiya U-23 5:4
Gollar: 1:0 – 6 Umar, 1:1 – 9, penalti Koroki, 2:1 – 10 Etebo, 2:2 – 11 Minamino, 3:2 – 42 Etebo, 4:2 – 51, penalti Etebo, 5:2 – 66 Etebo, 5:3 – 70 Asano, 5:4 – 90 Sudzuki.
Nigeriya U-23 – Deniel, Sinsir, Amuzi, Trost-Ekong, Okechukvu, Shexu, Etebo, Obi Mikel (Sodik, 87), Usman (Madu, 73), Umar, Ezekiel (Udo, 78).
Yaponiya U-23 –    Kusibiki, Fudzixaru, Siotani, Muroya, Endo, Xarakava (Asano, 53), Osima, Minamino, Ueda, Koroki (Sudzuki, 71), Nakadzima (Yadzima, 76).
Ogohlantirish: Amuzi (8).

Top