Şu kunlarda özbek xalqi eng aziz, eng uluğ bayram – Özbekiston mustaqilligining 25 yilligini nişonlaşga qizğin hozirlik körmoqda. Bu haqda ÖzA yozmoqda.

Jizzax viloyatida 2016 yilning birinçi yarmida yalpi hududiy mahsulot 9,5 foizga ösdi. Sanoatda 13,7, qişloq xöjaligida 5,6, qurilişda 12,8, çakana savdo aylanmasida 14,2 foiz ösişga erişildi. 

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 30 sentabrdagi “2030 yilgaça Jizzax şahrining boş rejasini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori va şu asosda işlab çiqilgan maxsus dasturga köra viloyatda keng kölamli bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.

Şaharning Mustaqillik köçasi 50 metrgaça kengaytirilib, pastqam va körimsiz binolar örnida 34 köp qavatli, körkam uy-joylar qad rostladi. Alişer Navoiy, Buyuk Turon, Ş.Raşidov köçalarida quriliş va rekonstruksiya işlari jadal olib borilmoqda. Hozirga qadar 17 kilometr avtomobil yöli yangidan qurilib, foydalanişga topşirildi. “Söğdiyona” stadioni örnida 11 ming 650 tomoşabinga möljallangan zamonaviy futbol maydoni, 2 sport zali va suziş havzasi, önga yaqin an'anaviy sport turlari bilan şuğullanişga möljallangan maxsus zallardan iborat zamonaviy “Söğdiyona” futbol – yengil atletika sport arenasi qad kötardi.

Markaziy köçalar böyidagi eski, bir qavatli uylar va noturarjoy obektlar örnida qurilişi rejalaştirilgan 57 köp qavatli zamonaviy uyning 42 tasida quriliş işlari yakunlandi, 15 tasi joriy yil oxirigaça öz egalariga topşiriladi.

Şahardagi uçta yirik bozorda qayta quriş va rekonstruksiya işlari amalga oşirilib, sotuvçi va xaridorlar uçun qulay şaroit yaratildi. Qadimiy Kökbozor örnida oçiq aksiyadorlik jamiyati şaklidagi yangi “Markaziy dehqon bozori” barpo etildi. Bozorning 5 ming 400 kvadrat metr savdo maydoniga ega qişloq xöjalik mahsulotlari pavilonida 1 ming 152 savdo örni taşkil etildi.

Sobiq tuzum davrida qurilgan, şahar ekologiyasiga katta zarar keltirgan ohak zavodi şahar taşqarisiga köçirilib, uning örnida yaşil hudud, boğ va gulzorlar taşkil etildi. Taşlandiq yer özlaştirilib, Navrözbuloq bolalar boği barpo etildi. Ötgan yili tört gektar maydonda Keksalar boği dam oliş maskani qurildi. Istiqlol bolalar boği, Hamid Olimjon xiyobonida keng kölamli quriliş-rekonstruksiya va obodonlaştiriş işlari bajarildi.

«Orom» favvoralar majmuasi, Boğişamol, Sangzorköl dam oliş maskanlari, Istiqlol bolalar boği, Forum majmuasi, Favvoralar xiyoboni şaharliklar va mehmonlar sayr qiladigan, hordiq çiqaradigan bahavo, xuşmanzara joyga aylantirildi.

Umumiy maydoni 65,8 gektar bölgan “Yoşlar şaharçasi”dagi Yoşlar sayilgohi, Yoşlar boği, Yoşlar markazi, şuningdek, «Örda» yoşlar ekologik boği doim gavjum. Umumxalq bayrami va sayillar ötkaziş hamda aholining dam olişiga möljallangan bu zamonaviy va soya-salqin maskanlar Jizzaxning öziga xos taşrif qoğoziga aylandi, deyiş mumkin.