Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh terma jamoasining bayroqdori Maykl Felps Olimpiada ochilish marosimini barvaqt tark etdi
AQSh terma jamoasining bayroqdori, mashhur suzuvchi Maykl Felps Olimpiada ochilish marosimini suzish bo‘yicha musobaqalarga yaxshiroq tayyorlanish maqsadida yakunlanishigacha tark etdi. Suzish bo‘yicha musobaqalar 6 avgustdan boshlanadi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi ma'lum qildi.
31 yoshli sportchi Olimpiada ochilish marosimida birinchi marotaba qatnashdi, u avvalgi marosimlarni mashg‘ulotlarga yaxshiroq tayyorlanish istagi sababli o‘tkazib yuborgandi.
Avvalroq suzuvchi Braziliyadagi Olimpiada uning faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishini ma'lum qilgandi. Felps 5 ta Olimpiadada ishtirok etgan va Olimpiadalar tarixida eng unvoni ko‘p sportchi hisoblanadi: uning hisobida 22 ta medal bo‘lib, ulardan 18 tasi oltin, 2 tasi kumush va 2 tasi bronza medalidir. U bu medallarni 2004, 2008 va 2012 yilgi o‘yinlarda qo‘lga kiritgan.
Olimpiadaning birinchi kuni, 6 avgustda o‘q otish, velosport (shosse), kamondon o‘q uzish, dzyudo, qilichbozlik, og‘ir atletika va suzish bo‘yicha musobaqalar boshlanadi.