Jahon | 07:33 / 06.08.2016
5166
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyaning Ruan shahridagi barda chiqqan yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi
Fransiyaning Ruan shahridagi barlardan birida chiqqan yong‘inda 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Paris-Normandie. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Cuba Libre bari yerto‘lasida yong‘in chiqqani haqida xabar politsiyaga yarimtunda kelib tushgan. Bu yerda tug‘ilgan kun munosabati bilan kecha o‘tayotgan bo‘lgan. Yong‘inga gazning tasodifan portlashi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 6 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Ma'lum qilinishicha, barcha halok bo‘lganlar 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bo‘lgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan, halok bo‘lganlarning jasadlari tez yordam mashinalarida o‘likxonalarga olib ketilgan.