Jamiyat | 20:09 / 06.08.2016
6599
1 daqiqa o‘qiladi
Norvegiyalik malika Marta Luiza 14 yillik turmushidan so‘ng ajrashmoqda
Norvegiya malikasi Marta Luiza yozuvchi Ari Benom bilan 14 yillik turmushidan so‘ng ajrashuvga ariza berdi. Bu haqda People xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu qarorga ikki tomonlama kelingan.
«Bu ikkimiz uchun ham qayg‘uli... Biz uzoq vaqt munosabatlarimizni iliqlashtirishga urindek, ammo buning iloji bo‘lmadi», — dedi malika.
Shuningdek, ular uch nafar farzandlari borasida ham kelishuvga erishishgan.