20:44 / 06.08.2016
6178

OAV: Air Algerie samolyoti Jazoir aeroportiga qo‘ndi

Air Algerie aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti radarlardan yo‘qolib qolgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, samolyot Jazoir aeroportiga qo‘ngan.

RIA Novosti agentligi aviakompaniyadagi manbalariga asoslanib samolyot xavfsiz hududga qo‘ngani haqida ma'lum qilgan.

Samolyot Jazoirdan Marselga uchib ketayotganida bortda favqulotda vaziyat sodir bo‘lgani xabar qilingan va shundan keyin u radarlardan yo‘qolib qolgandi.

Top