Sport | 19:36 / 06.08.2016
21163
4 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Olimpiada o‘yinlari — shubhasiz, jahon miqyosidagi yirik sport bayrami. Uni o‘tkazish uchun mezbon davlat katta xarajatlar qilishga majbur. Davlat va homiylar mablag‘lari musobaqalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalarni barpo etishga yo‘naltiriladi. 

Har 2-3 sport intizomi uchun alohida maydonni qurish talab etiladi. Sportchilar uchun turarjoylar, muxlislar va matbuot xodimlari uchun mehmonxonalar. Ammo, afsuski, Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng, ushbu inshootlarning barchasi ham insoniyatga xizmat qilishda davom etavermaydi. Quyida, Olimpiya o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng, Olimpiya inshootlari taqdiri aks etgan suratlar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz. 

Gretsiya poytaxti Afina shahri

1896 va 2004-yilgi Olimpiya o‘yinlari mezboni.

Tarixiy Panatinaikon stadioni podiumi. 1896-yili ayni mana shu minbarda g‘oliblar taqdirlangan. 2004-yilgi Olimpiadaning o‘q otish va kamon otish musobaqalari ham ayni stadionda bo‘lib o‘tgandi. 

Helliniko majmuasi hududidagi Olimpiya belgilari asta-sekin vayronaga aylanmoqda. 2004-yilgi Afina Olimpiadasiga 9 milliard yevro sarflangan bo‘lib, uning aksar inshootlari faqatgina Olimpiada uchun barpo etilgan xolos. 

Tashlandiq xokkey stadionidagi o‘rindiqlar. Gretsiyaning iqtisodiy jihatdan “qo‘li kaltaligi” bois, ko‘plab stadionlar achinarli ahvolda. 

Afinadagi Olimpiya suv havzalaridan biri.

Sohil voleyboli uchun qurilgan stadionda palma va boshqa o‘simliklar avj olib o‘smoqda.

Softbol maydoni.

Kanoe va eshkakli qayiq eshish musobaqalari uchun suv havzasi. 

Olimpiya suv havzalaridan biri axlat bilan to‘lib bo‘lgan. 

1936-yilgi Olimpiada mezboni Berlin shahri, Germaniya. Olimpiya qo‘rg‘onidagi sportchilardan keyin bo‘sh qolgan turarjoylari.

Tashlandiq basseyn.

Sportchilar turarjoylaridan iborat kimsasiz mavzelar. 

Sobiq Olimpiya qo‘rg‘oni binolarida sovet va natsist tamg‘alarini hamon ko‘rish mumkin. 

1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini kutib olgan Atlanta shahri, AQShning Jorjiya shtati. 1996-yilgi Olimpiya ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan Fulton County Stadium maydoni 1997-yili portlatib yuborildi.

 

Xitoy poytaxti Pekin

2008-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari vatani.

Xitoylik sayyohlar «Qush ini» milliy stadionini to‘siqosha tomosha qilishmoqda. Musobaqalarning ochilish va yopilish marosimi ayni o‘yingohda bo‘lib o‘tgandi. 

Qachonlardir beysbol stadioni bo‘lgan maydondagi Olimpiya tamg‘asi. 

Sohil voleyboli uchun qurilgan arena endi tashlandiq holatga kelib bo‘lgan. 

Beysbol stadioni daydi uy hayvonlarining sevimli sayrgohi.

1984-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan Bosiniyaning Sarayevo shahri. 

Sarayevo yaqinidagi Trebevich tog‘idagi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bobsley yo‘lagi.

 

Chang‘ili sakrash uchun qurilgan eski tramplin. 

Velosipedchilar bobsley yo‘lagini o‘zlashtirmoqda.

Sobiq Maunt-Igman mehmonxonasi devoriga chizilgan graffiti.

Sarayevo-1984 qishki Olimpiya o‘yinlarining deyarli o‘chib ketgan timsoli.