Sport | 10:24 / 06.08.2016
5173
1 daqiqa o‘qiladi
Tomas Bax: “Qochoq olimpiyachilar - umid chiroqlari”
"Qadrdon sportchi-muhojirlar: siz dunyo bo‘ylab o‘zingizga o‘xshagan millionlab kishilar uchun umid chiroqlari hisoblanasiz, - degan Bax. – Siz zo‘ravonliklar, ochlik yoki shunchaki boshqacha bo‘lganingiz uchun ham vatanlaringizni tark etishga majbur bo‘ldingiz. Endilikda, o‘z iqtidoringiz va qadriyatlaringiz bilan jamiyat rivojiga hissa qo‘shmoqdasiz".
XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 10 kishidan iborat qochqinlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Musobaqalar 21-avgust kuni poyoniga yetadi. Paralimpiada 7-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.