Sport | 10:42 / 07.08.2016
5364
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik sportchilar erkin uslubda suzish bo‘yicha estafetada jahon rekordini o‘rnatdi

Rio-de-Janeyro olimpiadasida Avstraliya terma jamoasi ayollar o‘rtasida 100 metrga 4 martalik estafetada erkin suzish bo‘yicha jamoaviy bahslar finalida rekord o‘rnatgan holda g‘alaba qozonishdi.

Finalda avstraliyaliklar (Emma Makeon, Brittani Elmsli, Bronte Kempbell, Keyt Kempbell) 3 daqiqayu 30,65 soniyalik ko‘rsatkich bilan AQSh (3.31,89) va Kanada kvartetini (3.32,89) ortda qoldirdi.

Bundan oldingi rekord ham avstraliyaliklar jamoasiga tegishli edi (3.30,98 soniya). Bu rekord 2014 yilning 24 iyulida o‘rnatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish