23:26 / 07.08.2016
13097

Erdo‘g‘an: Yevropa Ittifoqi 53 yildan beri Turkiyaning boshini qotirmoqda


Yevropa Ittifoqi Turkiyaga berilgan va'dalarni bajarmayapti va 53 yildan beri uning boshini qotirib kelmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an TASS axborot agentligi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Mixail Gusmanga bergan intervyusida.

"Yevropa Ittifoqi 53 yildan beri bizning boshimizni qotirmoqda. Biz izchillik bilan rostgo‘yligimizni isbotlamoqdamiz va YeIdan ham shuni kutmoqdamiz. YeI ikkilik standarti siyosatidan voz kechishi kerak", deb aytdi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning intervyusi "Rossiya 24" telekanali orqali namoyish qilinadi.

Top