Sport | 15:17 / 07.08.2016
12311
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik oyog‘i singan gimnastikachini shifokorlar zambildan yiqitib yuborishdi

Rio Olimpiadasining sport gimnastikasi o‘yinlarida qatnashayotgan fransiyalik sportchi Samir Aid Said jiddiy jarohat oldi. U «qo‘nish»da noqulay tushgani sabab oyog‘i ikki joydan sinib ketgan.

Shunday jarohat olgani yetmaganday uni tez yordam mashinasiga olib chiqishayotganda shifokorlar zambilni tushurib yubirishdi. Samir 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida chempion bo‘lishga so‘z bergan.