Jamiyat | 12:10 / 07.08.2016
4985
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda qulagan bino ostida yetti kishi qolib ketmoqda

Hindistonda turar-joy binosining qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Yetti nafar kishi esa vayronalar ostida qolib ketmoqda. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ikki qavatli uyda uchta oila yashardi. Bir kishini vayronalar ostidan qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. Undan tashqari yetti yoki sakkiz kishi qulagan bino bo‘laklari ostida bo‘lishi mumkin.

Voqea 7 avgust kuni Bxivandi shahridan ro‘y berdi. Bino avariya holatida bo‘lgan. Hukumat esa uni yashash uchun yaroqsiz deb e'lon qilgan edi.

Qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.