Jamiyat | 09:57 / 07.08.2016
14817
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyadagi musiqa festivali vaqtida 400 dan ortiq mashina yonib kul bo‘ldi

Portugaliyadagi "Andansash" musiqa festivali vaqtida unga tashrif buyurganlarning avtomobillari turgan avtoturargohda 422 ta mashina yonib ketdi, deb xabar bermoqda  "Observador" nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hammasi bir mashinaning yonishidan boshlangan. Undan chiqqan o‘t quruq havo va qurigan o‘tlarning ko‘pligi sababli qo‘shni mashinalarga o‘tib, natijada 422 ta mashina alanga ichida qolgan.

Ko‘pchilik avtomobillar to‘liq yonib ketgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yong‘inni o‘chirishda 150 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi, 42 ta o‘t o‘chirish mashinasi 4 ta vertolyot ishtirok etgan. Yong‘inni o‘chirish uchun bir necha soat talab qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish